Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiyning Uitkoff va Kushner bilan muzokaralari boshlandi

Zelenskiyning Uitkoff va Kushner bilan muzokaralari boshlandi

Reuters va AP ma’lumotlariga ko‘ra, Stiv Uitkoff va Jared Kushner 6 sentyabr kuni Kiyevga yetib keldi. Bu ularning Ukrainaga birinchi rasmiy tashrifidir. 

AQSh vakillari Zelenskiy bilan Rossiya–Ukraina urushini tugatish, ehtimoliy tinchlik kelishuvi va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilmoqda. Zelenskiy muzokaralar oldidan Ukraina «konstruktiv muloqot»ga tayyor ekanini bildirgan. 

Uitkoff va Kushner Kiyevga kelishidan avval Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uch soatdan ortiq muzokara o‘tkazgan. Kreml uchrashuvda mojaroni hal qilish bo‘yicha bir qator takliflar muhokama qilinganini bildirgan, biroq jiddiy diplomatik kelishuvlar qayd etilmagan. 

AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Uitkoff va Kushner Moskva hamda Kiyevga urushni tugatish bo‘yicha yangi taklif olib borayotganini aytgan. Vashington ushbu taklifning mazmunini hozircha ochiqlamagan.

Ukraina prezidentining rasmiy saytida ham Uitkoff va Kushner avval Moskvaga, so‘ng Kiyevga tashrif buyurishi va ukrain tomoni muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum qilingan edi.

Muzokaralar natijalari hozircha e’lon qilinmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring