Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chexiya Bosh vazirini kutib olish marosimi o‘tkazildi (foto)

Chexiya Bosh vazirini kutib olish marosimi o‘tkazildi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 30-aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, uni shohsupaga taklif qildi.

Shuningdek, harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Chexiya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Ushbu marosim yakunida birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring