Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Prezidentining AQShga amaliy tashrifi yakuniga yetdi

O‘zbekiston Prezidentining AQShga amaliy tashrifi yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.

Davlatimiz rahbari Vashington shahridagi Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining «C5+1» formatidagi sammitida ishtirok etdi.

O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, «S5+1» formatida Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Davlatimiz rahbari senator Stiv Deyns, kongressmenlar Kerol Miller, Bill Xayzenga va Sidni Kamlager-Dav bilan ham uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidenti AQSh savdo vaziri Xovard Latnik, Eksimbank prezidenti va raisi Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek hamda «General Motors International» kompaniyasining global ijrochi direktori Shilpan Aminni qabul qildi.

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida AQSh ishbilarmonlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuv hamda muzokaralar yakunida qator ikki va ko‘p tomonlama hujjatlar qabul qilindi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring