Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda tuman hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

Andijonda tuman hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

Skrinshot.

Andijonda tuman hokim o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi

Ichki ishlar va DXX hamkorligida korrupsiyaga qarshi qator tadbirlar o‘tkazilgan.

Tadbirlardan birida, mansabdor 400 metrli suv yo‘lini yopiq tizimga o‘tkazish evaziga hosil bo‘ladigan yerda do‘kon qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish bahonasida fuqarodan pul talab qilgan.

Hokim o‘rinbosari 15 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan. Hozirda unga nisbatan JKning 168-moddasi bo‘yicha ish ochilib, qamoqqa olish chorasi qo‘llanilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring