Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimidagi ikki mansabdor ishdan olindi

IIV tizimidagi ikki mansabdor ishdan olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Rustam Raxmonovich Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Prezident Shavkat Mirziyoyev millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilish, kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashish hamda prokuror nazoratini raqamlashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring