Bugun yurtimizning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi
Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, janubda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang‘-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-16° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter