Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oilaviy ajrimlarning qariyb uchdan biri 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ro‘y bergan

Oilaviy ajrimlarning qariyb uchdan biri 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ro‘y bergan

2024-yilda 271 776 ta nikoh tuzilgan bo‘lsa, shu davrda nikohdan ajralishlar soni 45 135 tani tashkil etgan. O‘tgan yilda nikohdan ajralishlarning 28,5 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri kelgan.  

Senat yalpi majlisida ma’lum qilinishicha, nikohdan ajralishlarning eng ko‘pi Toshkent shahri (5 913 ta), Farg‘ona (4 800 ta), Andijon (4 781 ta) va Samarqand viloyatlarida (4 599 ta) kuzatilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida 95 275 ta nikoh tuzilgan bo‘lib, nikohdan ajralishlar soni 23 338 tani (24 foizni) tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga (871 taga) ortgan. Respublikaning 112 ta tuman va shahrida nikohdan ajralishlar soni o‘sgan.

Nikohdan ajralishlarning sabablarini tahlil qilish oldini olish mumkin bo‘lgan holatlar ham borligini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2024 yilda nikohdan ajratishga doir 32 217 ta ariza qanoatlantirilgan, shundan 17 535 ta holatda (54 foiz) xarakter to‘g‘ri kelmasligi, 1 807 ta holatda (6 foiz) boshqa nikoh munosabatiga kirishganligi, 1 222 ta holatda (4 foiz) oilaga tayyor emasligi, 1 033 ta holatda (3 foiz) o‘zaro ishonchsizlik sabab qilib ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, 2024 yilda FHDYo organlarida 7 499 ta oila o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli ajratilgan.

Senat yalpi majlisida mazkur masala, ya’ni oila institutini mustahkamlash va nikohdan ajralishlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga parlament so‘rovi yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring