Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron oliy rahbari fuqarolarga murojaat qildi

Eron oliy rahbari fuqarolarga murojaat qildi

Foto: Global Look Poress.

Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy mamlakat bo‘ylab keng tarqalgan norozilik namoyishlari fonida fuqarolarni birlashishga chaqirdi, deb xabar beradi Anadolu.

Oyatulloning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar uzoqni ko‘ra olmaydigan odamlar bo‘lib, AQSh prezidenti Donald Trampga ishonishadi va uni rozi qilish uchun harakat qilishadi. «AQSh prezidentining qo‘llari mingdan ortiq eronliklarning qoni bilan bo‘yalgan. Va endi u o‘zini Eron xalqini qo‘llab-quvvatlayotganini da’vo qilmoqda», dedi Xomanaiy.

Oliy lider shuningdek, Trampning Islom Respublikasiga nisbatan siyosatini tanqid qildi va o‘tmishdagi ag‘darilgan «zolimlar va takabburlar», jumladan, oxirgi Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviyning taqdirini bashorat qildi.

9-yanvar kuni AQSh prezidenti agar mamlakatning iqtisodiy vaziyatdan norozi bo‘lgan namoyishchilari o‘ldirilsa, Eronga «juda kuchli zarba» berishini e’lon qildi.

28-dekabr kuni Eronda mahalliy valyutaning qadrsizlanishi fonida norozilik namoyishlari boshlandi. Ularga qarshi politsiya tomonidan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va pnevmatik qurollardan foydalanish kabi kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring