Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bir qator ichki ishlar xodimlarini taqdirladi

Prezident bir qator ichki ishlar xodimlarini taqdirladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident bir qator ichki ishlar xodimlarini mukofotladi

Ular mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali xizmati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, o‘z burchini sharaf va mas’uliyat bilan ado etib, mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi: 

 II darajali «Shon sharaf» ordeni bilan 

 Ashropov Ramazon Axmatxo‘jayevich - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari 

 «Mardlik» ordeni bilan 

Torebekov Baxtiyar Ismandiyarovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri 

Xusanov Ilyos Pardayevich - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori 

 «Do‘stlik» ordeni bilan 

Maxmudova Mariya Stepanovna - Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi katta eksperti 

Tashxodjayev Ulug‘bek Shuxratovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i 

Xatamov Rustam Abduganiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i 

«Jasorat» medali bilan 

Abbasov Avliyo Israilxonovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori 

 Karimkulova Sayyora Kudratovna - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi kichik inspektori 

 Xaitov Abdunayim Xayrullayevich - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili 

 Xudaynazarov Sanjar Farxodovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili 

 «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan 

Abbasov Rustam Abdullajanovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi 

 Isayev Istam Qoryog‘diyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy qism guruh komandiri o‘rinbosari 

 Maxmudov Xurshid Xusanovich - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar boshqarmasi probatsiya guruhi inspektori 

 Masharipov Atabek Sultanbayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i 

 Mirzajanov Muhammadjon Komiljanovich - Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori 

 Taganov Rasulbek Sobirovich - Xorazm viloyati Urganch shahar ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi bo‘linma komandiri 

Uralov Jaxongir Mamatkulovich - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori 

Xolmatov Baxodir Fozilovich - Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili 

 Choriyev Shuxrat Amirovich - Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i 

Shamalov Tuychibay Dexkambayevich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi inspektori 

 Egamova Dilfuza Rabbimkulovna - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi 

 «Shuhrat» medali bilan 

Jumanov To‘lqinboy Sattorovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi departament boshlig‘i o‘rinbosari 

 Qulturayev Utkir Quyliyevich - Surxondaryo viloyati Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i 

 Xasanov Dilshod Uktamjonovich - Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori 

 Xudoyberdiyev Sherzod Sayfulloyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi boshlig‘i 

Eraxmatov Dilshodbek Rejabovich - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni bo‘linma komandiri. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring