Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

“Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–313-son, 21.10.2025-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tizimlarini joriy etish va foydalanishning normativ-huquqiy asoslarini yaratish;

- olis hududlar va yer usti tarmoqlari qamrovidan tashqari hududlarda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratish.

Yo‘ldosh aloqa tizimini joriy etish va yo‘ldosh internet xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari etib belgilandi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab 5 yil muddatga o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar doirasida quyidagi imtiyozlar beriladi, jumladan:

- import qilinadigan qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;

- yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi;

- yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatgan xizmatlari uchun foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring