Saida Mirziyoyeva Floridada Serjio Gor bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Donald Trampning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohiga tashrif buyurdi.
Rezidensiyada AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining hamraislari hisoblanadi.
«Samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muloqotni yuksak qadrlayman hamda yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid qilaman», — deya ta’kidladi Saida Shavkatovna.
E’lon qilingan suratda, shuningdek, AQSh Prezidentining kenja qizi Tiffani Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Bulos ham aks etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter