Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga boradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II taklifiga binoan 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasida xavfsizlikni ta’minlash, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda ishlatilishiga qarshi kurashish, yangi texnologik xatar hamda tahdidlarga javob qaytarishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.
Aqaba jarayoni 2015-yilda Podshoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbus bo‘lib, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda xavfsizlikni ta’minlash sohasida tajriba almashish va qo‘shma sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter