Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

«Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish» mavzusida o‘tkaziladigan yig‘ilish kun tartibidan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Yetakchilar raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sun’iy intellektni amalda qo‘llashga alohida e’tibor qaratadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring