Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Toshkent shahri hokimligi tashkil etiladi

Yangi Toshkent shahri hokimligi tashkil etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi farmoni bilan Yangi Toshkent shahrida boshqaruv tizimi tasdiqlandi.

Yangi Toshkent shahri hokimini Prezident tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Hokim tegishli ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilguniga qadar faoliyat yuritadi.

 Hokimlik apparati 14 nafar xodimdan iborat bo‘ladi. 

Apparatda hokim, uning birinchi o‘rinbosari va ikkita o‘rinbosari, yordamchi, axborot xizmati rahbari (davlat tili bo‘yicha maslahatchi), tashkiliy-nazorat guruhi, bosh hisobchi, bosh yuriskonsult va devonxona ishlaydi. O‘rinbosarlarning yo‘nalishlarini hududni rivojlantirish rejalariga qarab hokimning o‘zi belgilaydi.

6 ta davlat organining bo‘linmasi ochiladi (jami 30 shtat). Shaharda ekologiya, statistika, iqtisodiyot va moliya, investitsiyalar, ta’lim, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, madaniyat, kadastr, yoshlar ishlari, oila va xotin-qizlar, sanitariya-epidemiologiya bo‘limlari tashkil etiladi. Bulardan tashqari, Prezidentning Xalq qabulxonasi, tibbiyot birlashmasi, soliq inspeksiyasi va mahalla fuqarolar yig‘ini ham bo‘ladi.


Bosh prokuratura, IIV, Adliya va FVV bir oy ichida shaharda o‘z tuzilmalarini tashkil etadi. Bu tuzilmalar shu idoralarning amaldagi shtatlari hisobidan tuziladi.

• Hokimlik direksiyaga berilgan hududlarda Toshkent viloyati va tumanlari organlarining vakolatidagi masalalar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi.
• Hokimlik va bo‘linmalarni saqlash xarajatlari respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
• Farmonda ko‘rsatilmagan boshqa idoralar shaharda Toshkent viloyatidagi mavjud bo‘linmalari orqali ishlashda davom etadi.

Hokimlik va bo‘linmalar vaqtincha sobiq «Yangi Toshkent» loyiha ofisi binosiga joylashtiriladi va undan tekin foydalanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring