JCh-2026 tarixdagi eng buyuk jahon chempionati bo‘ladi — Infantino
Futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati final bosqichiga start berilishiga atigi yetti oy qoldi. FIFA prezidenti Janni Infantino uni tarixdagi eng buyuk jahon chempionati bo‘ladi, dedi.
«JCh-2026 tarixdagi eng buyuk jahon chempionati bo‘ladi. Bu bir oyda 104 ta Superboul o‘tkazilishiga teng. Mundialni stadionlarda 7 million, televizorlarda 6 milliard kishi tomosha qiladi», — dedi FIFA prezidenti.
JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi barcha o‘yinlar shu haftada yakunlandi. Ulardan va avvalgi o‘yinlardan kelib chiqib, bo‘lajak turnirning 42 ta ishtirokchisi aniqlandi.
Qolgan oltita jamoa kecha FIFA qarorgohida qur’a tashlangan pley-off o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Pley-offlar kelayotgan bahorda o‘tkaziladi. Mundialning o‘zi esa Kanada, Meksika va AQSh stadionlarida 11-iyundan 19-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter