Mirjalol Qosimov va Kannavaro JCh qur’asida qatnashadi
JCh guruh bosqichiga qur’a tashlashda O‘zbekistondan kimlar qatnashishi aniq bo‘ldi.
5-dekabr kuni, AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan The Kennedy Center majmuasida 2026 yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.
Ushbu nufuzli tadbirda O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi qatnashadi.
Tadbirda shuningdek, FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter