Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2026 ishtirokchilari kamida 10 mln dollardan oladi

JCh-2026 ishtirokchilari kamida 10 mln dollardan oladi

Foto: Stadion.uz

2026-yilgi Jahon chempionati sovrin jamg‘armasi tarixdagi eng katta ko‘rsatkich sanaladi. FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati sovrin jamg‘armasining Qatarda bo‘lib o‘tgan avvalgi turnirga nisbatan 50 foizga oshganini e’lon qildi

Dohada bo‘lib o‘tgan FIFA Kengashi yig‘ilishidan so‘ng, 2026-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish natijasida tashkilot a’zo davlatlari o‘rtasida rekord darajadagi 727 million dollar taqsimlanishi e’lon qilindi.

Ushbu mablag‘ning 655 million dollari ishtirokchi davlatlar o‘rtasida taqsimlanadi. 

G‘olib jamoa 50 million dollar, ikkinchi o‘rin egalari 33 million dollar, uchinchi o‘rin egalari 29 million dollar, to‘rtinchi o‘rin egalari 27 million dollar, beshinchi-sakkizinchi o‘rin egalari 19 million dollar, 9-16-o‘rin egalari 15 million dollar, 17-32-o‘rin egalari 11 million dollar va 33-48-o‘rin egalari 9 million dollar oladi. 

Bundan tashqari, har bir saralash bosqichidan o‘tgan jamoa turnirga tayyorgarlik xarajatlarini qoplash uchun 1,5 million dollar oladi. Bu shuni anglatadiki, barcha jamoalarga 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgani uchun kamida 10,5 million dollar kafolatlanadi. 

2022-yilgi Jahon chempionati g‘olibi Argentina 42 million dollar olgandi. 

Jahon chempionati 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring