Yosh shaxmatchimiz rapid yo‘nalishida Osiyo chempioni bo‘ldi
Oriyat Obidjonov yana bir bor jahon maydonida o‘z darajasini namoyish etdi.
Tailandning Bangkok shahrida 8–18 yoshlar o‘rtasidagi 27-Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning birinchi kunida rapid bo‘yicha yosh shaxmatchimiz Oriyat Obidjonov ajoyib natija qayd etdi.
Hamyurtimiz 12 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 7 turdan 6 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Oriyat endi standart va blits yo‘nalishlarida ham o‘z kuchini sinab ko‘radi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter