O‘zbekistonda 50 dan ortiq davlatdan kelgan xorijiy talabalar tahsil olmoqda
O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida ayni paytda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 24 647 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.
Xorijiy talabalar soni bo‘yicha Hindiston yetakchilik qilmoqda. O‘zbekistonda 13 060 nafar (53 foiz) hindistonlik talaba o‘qimoqda.
Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston — 4 884 nafar (20 foiz), Pokiston — 1 165 nafar (5 foiz), Qozog‘iston — 1 129 nafar (5 foiz), Rossiya — 863 nafar (3 foiz) va Tojikiston — 740 nafar (3 foiz) qayd etilgan.
Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasidan 571 nafar, Xitoydan 564 nafar, Misrdan 482 nafar talaba O‘zbekistonda tahsil olmoqda. Boshqa davlatlardan kelgan talabalar soni 1 189 nafarni tashkil etadi.
Xorijiy talabalarning 22 685 nafari (92 foiz) davlat oliy ta’lim tashkilotlarida, 1 468 nafari (6 foiz) nodavlat OTMlarda, 494 nafari (2 foiz) esa xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olmoqda.
Xorijiy talabalar orasida eng katta qiziqish tibbiyot yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda 16 476 nafar talaba, ya’ni xorijiy talabalar umumiy kontingentining qariyb uchdan ikki qismi tahsil olmoqda.
Keyingi o‘rinlarda filologiya va tillar — 2 109 nafar, biologiya — 831 nafar, tarix — 588 nafar, iqtisodiyot — 515 nafar, AKT — 455 nafar, amaliy matematika — 217 nafar, kimyo — 191 nafar, mexanik modellashtirish — 157 nafar va geografiya — 144 nafar qayd etilgan.
Xorijiy talabalar soni bo‘yicha TOP-10 oliy ta’lim tashkiloti:
- Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 4 155 nafar
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti — 4 153 nafar
- TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti — 2 886 nafar
- Buxoro davlat tibbiyot instituti — 2 178 nafar
- O‘zbekiston Milliy universiteti — 1 917 nafar
- Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti — 1 599 nafar
- Andijon davlat tibbiyot instituti — 1 410 nafar
- Urganch davlat tibbiyot instituti — 1 325 nafar
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali — 305 nafar
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 272 nafar


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter