Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh-Eron muzokaralari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

AQSh-Eron muzokaralari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Muzokaralar bilan tanish manbalarga ko‘ra, Tehron bo‘g‘oz ustidan o‘z nazoratini va u orqali o‘tayotgan kemalardan boj yig‘ish huquqini talab qilmoqda. Eron shuningdek, AQShning bo‘g‘ozni birgalikda nazorat qilish bo‘yicha taklifini rad etadi.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi strategik jihatdan muhim yuk tashish yo‘li bo‘lib, u orqali dunyo neftining taxminan 20 foizi o‘tadi. Eron 28 fevral kuni AQSh va Isroil bilan urushning birinchi kunida bo‘g‘ozni barcha yuk tashishlar uchun yopganini e’lon qilgandi.

8 aprel kuni AQSh va Eron urushda ikki haftalik sulh e’lon qilishdi. Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozini darhol ochish kelishuv sharti ekanligini aytdi. Shunga qaramay, dengiz yo‘li amalda yopiqligicha qolmoqda va u orqali o‘tayotgan kemalar Eron bilan muzokara olib borishga majbur bo‘lmoqda.

11 aprel kuni ikkita Amerika harbiy kemalari – USS Frank E. Peterson va USS Michael Murphy Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tdi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular Fors ko‘rfazida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini dengiz minalaridan to‘liq tozalashni ta’minlash bo‘yicha kengroq missiya doirasida faoliyat yuritmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring