AQSh Ahmad ash-Shar’ani terrorchilar ro‘yxatidan chiqardi
AQSh Davlat departamenti Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a va mamlakat ichki ishlar vaziri Anas Xattobni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarilganini e’lon qildi. Bu haqda departamentning rasmiy bayonotida ma’lum qilingan.
«Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a va ichki ishlar vaziri Anas Xattob Qo‘shma Shtatlarning terrorchilar ro‘yxatidan chiqarildi», — deyiladi AQSh Davlat departamenti xabarida.
Mazkur qaror ortidan hozircha AQSh hukumati qo‘shimcha izoh bermagan. Tahlilchilarga ko‘ra, bu qaror Suriya ichidagi siyosiy muvozanat va xalqaro muzokaralar jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, AQSh hukumati Suriya fuqarolik urushi boshlanganidan buyon mamlakatdagi ayrim siyosiy va harbiy yetakchilarni terrorizmni moliyalashtirish yoki inson huquqlarini buzish bilan bog‘liq faoliyatlarda ayblab, ularni «maxsus belgilangan terrorchilar ro‘yxati»ga kiritgan edi.
Mutaxassislar bu ro‘yxatdan chiqarish qarorini mintaqadagi diplomatik faollik va yangi muzokaralarga tayyorgarlik belgisi sifatida baholamoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter