Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga nisbatan «Jekson-Venik tuzatishi»ni bekor qilishi mumkin

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga nisbatan «Jekson-Venik tuzatishi»ni bekor qilishi mumkin

AQSh Senatining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Jeyms Rish ushbu hafta AQSh Kongressiga Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistonga nisbatan «Jekson-Venik tuzatishi»ni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etishini ma’lum qildi. 

U, jumladan, tashabbus «C5+1» platformasining o‘n yilligida taqdim etilgani va «mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi, jadal davrini» ochishga qaratilgani ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidlagan.

Jurnalist Aziza Qurbonova ham Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp ishtirokidagi sammit doirasida Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda bu haqda AQSh Senatining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Jeyms Rishdan munosabat olganini yozdi.

«Jekson-Venik tuzatishi»ni bekor qilish vaqti allaqachon kelgan. Prezidentning yordami bilan, u bilan hamkorlikda biz bu qarorni juda yaqin orada bekor qilamiz», – deydi Jeyms Rish.

Ma’lumot uchun, Sobiq Ittifoqqa jazo sifatida kiritilgan va hanuzgacha O‘zbekiston bilan savdo aloqalariga texnik to‘siq sifatida saqlanib qolgan «Jekson-Venik tuzatishi» — 1974-yilda AQSh Savdo to‘g‘risidagi qonuniga kiritilgan tuzatishlar bo‘lib, ular emigratsiyaga (ko‘chish) to‘siq qo‘yuvchi va boshqa inson huquqlarini buzuvchi davlatlar bilan savdoni chegaralashni ko‘zda tutadi. Hujjat uni taklif qilgan kongressmenlar Genri Jekson va Charlz Venik sharafiga nomlangan.

«1991-yilda SSSR parchalangach, yangi mustaqil respublikalar — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston — huquqiy jihatdan sobiq «sotsialistik davlatlar» ro‘yxatida qolib ketdi. Natijada, Jekson–Venik tuzatmasi avtomatik tarzda bu mamlakatlarga ham tatbiq etildi. Bu «de yure» cheklov hozir faqat texnik to‘siqdek tuyulsa-da, qator noqulayliklari bor: AQSh Kongressi mintaqamiz davlatlariga to‘liq savdo imtiyozlarini berishni har yili qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Savdo bitimlari va investitsion shartnomalarni ratifikatsiya qilishda byurokratik kechikishlar yuzaga keladi», – deb yozadi Qurbonova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring