O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonida yana bir muhim qadam tashladi. Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning ma’lum qilishicha, mamlakat Ekvador bilan ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi.
«Kecha biz Ekvador bilan bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladik. Qarshi tomonga konstruktiv muloqot va qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman», – dedi Urunov o‘zining LinkedIn sahifasida.
Shu tariqa, O‘zbekistonga JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun yana ikki davlat bilan kelishuvga erishishi kerak bo‘ldai.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta O‘zbekiston Kanada va Panama bilan muzokaralarni yakunlab, tegishli bitimlarga erishgan edi.
JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun xalqaro savdodagi mavqeini mustahkamlash, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va milliy mahsulotlarni jahon bozoriga chiqarishni yengillashtirishga xizmat qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter