Tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam mashinalarini olib kirishga imtiyozlar 3 yilga uzaytiriladi
So‘nggi sakkiz yilda xususiy klinika va laboratoriyalar soni 3 karra ko‘payib, 9 mingga, ulardagi shifo o‘rinlari esa 57 mingga yetdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirda tibbiy xizmatlarning 30 foizi xususiy sektor tomonidan ko‘rsatilayotgani, ilg‘or tashabbuslar ham ulardan chiqayotgani quvonarli hol ekanini ta’kidlab, ularning xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha barcha takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Xususiy tibbiyot klinikalarida ko‘rsatilayotgan xizmat narxlari respublika markazlaridan arzon ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga respublika markazlaridagi xizmat narxlarini adolatliligini ko‘rib chiqish, xususiy klinikada xuddi shu xizmatlar arzon va sifatli bo‘lsa, tibbiy sug‘urta mablag‘ini ularga to‘lab berish topshirildi.
Kelgusida ham tibbiyotda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha sharoitlarni yaratish davom ettirilishi ta’kidlandi.
Xususan, kelgusi yildan tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam mashinalarini olib kirish bo‘yicha imtiyoz 3 yilga uzaytiriladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismini qaytarish bo‘yicha berilgan imtiyoz xususiy tibbiyot tashkilotlariga ham qo‘llanadi.
Zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalarni tashkil qilish va ularni jihozlash uchun tadbirkorlarga 200 million dollarlik imtiyozli resurs ajratiladi.
Bu mablag‘lar kelgusi yildan boshlab tadbirkorlarga 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan 17 foiz stavkada beriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter