Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalarga imtiyoz beriladi
Ijtimoiy xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar ko‘chada qolmaydi: ular uchun maxsus imtiyoz va kvotalar joriy etilmoqda.
Ko‘pincha og‘ir vaziyatdagi bolalar jamiyatdan ajralib qoladi. Yangi strategiya aynan shunday bolalarni hayotga qaytarishga yordam beradi.
Nimalar o‘zgaradi?
Ta’limda imtiyoz: ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar uchun kollej va texnikumlarga kirishda 5 foizgacha qo‘shimcha kvota ajratiladi. Ular imtihonsiz, yo‘llanma asosida qabul qilinadi.
«Mehrli oila» xizmati: farzandi bilan til topisha olmayotgan ota-onalar uchun «oilaviy terapiya» va psixologik xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
Platforma: 2026-yil 1-aprelga qadar xavf ostidagi bolalar va zo‘ravonlikka moyil shaxslar haqida yagona elektron baza ishga tushadi.
Bu o‘zgarishlar jamiyatga aniq signal bermoqda: bolalik — daxlsiz hudud. Endilikda «oilaviy ish» yoki «tarbiya uslubi» degan vajlar bilan zo‘ravonlikni oqlab bo‘lmaydi. Har bir bola davlatning qat’iy himoyasida bo‘ladi. Shaffof statistika va raqamli nazorat tizimi hech bir zo‘ravonlikni yashirishga imkon bermaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter