Eng uzun ism sababli mamlakatning ikkita qonuni o‘zgartirildi
Lourens Uotkins...
Yangi Zelandiyada yashovchi eng uzun ism egasi Ginness rekordchisiga aylandi. Uning ismi 2 mingdan ortiq so‘zdan iborat, deb yozmoqda Daily Mail.
Lourens Uotkins 1990-yil martida ism-familiyasini o‘zgartirib, unga 2 mingdan ortiq ikkinchi ismlarni kiritgan. So‘ngra o‘z rekordini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun okrug sudiga ariza topshirgan. Ko‘rib chiqish qabul qilingan murojaat keyin rad etildi.
«Ko‘p ismli» erkak taslim bo‘lmasdan Yangi Zelandiya Oliy sudigacha chiqadi va ishni yutadi. Sud Uotkinsni rekordchi deb hukm chiqardi, ammo boshqalar ham boshni qotirib yurmasligi uchun, mamlakatning ikkita qonuni o‘zgartirildi.
Ginnessning rekordlar kitobiga bergan intervyusida Uotkins doim rekordchi odamlarning natijalaridan hayratlanib kelganini va o‘zi ham «shu sahna»ning bir qismi bo‘lishni istaganini aytdi.
Lourens Uotkinsning to‘liq ismi Ginnessning rekordlar kitobida olti sahifaga yaqin joyni egalladi — jami 2 253 ta so‘z.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter