Chaqaloqlarga ism topish necha pul?

Teylor Hamfri.
Kaliforniya (AQSh)lik Teylor Hamfri hech kim qilmagan ishga qo‘l urdi. U yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ism topish bilan shug‘ullanadi va shundan daromad qiladi, deb yozdi CBS News.
Farzandiga ism tanlashda qiynalayotgan ota-onalar — ayolning mijozlari. Ism o‘ylab topish avvaliga shunchaki ermagi edi, vaqtlar o‘tib u chinakam ekspertga aylandi.
Bir kuni Hamfriga ijtimoiy tarmoq orqali bir ayol murojaat qilib, chaqalog‘iga ism topib berishni iltimos qildi. Notanish ayolga yordam berganidan so‘ng, ismshunos professional faoliyatini boshladi. Mijozlarning aksariyati uni ijtimoiy tarmoqlarda topadi, naq 100 ming obunachisi bor. Teylorning aytishicha, taniqli insonlarga ham xizmat ko‘rsatgan.
Ayol mijozlar uchun ularning farzandiga mos keladigan ismlar ro‘yxatini tuzadi. Oddiy ro‘yxat — 200 dollar, maxsus VIP-paket — ming dollargacha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter