Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron: «Quruqlikka kirgan har qanday kuch yo‘q qilinadi»

Eron: «Quruqlikka kirgan har qanday kuch yo‘q qilinadi»

Eron armiyasi rasmiy vakili mamlakat hududiga harbiy qo‘shinning ehtimoliy quruqlikdan kirib kelish holatiga nisbatan keskin bayonot bilan chiqdi.

Uning aytishicha, Eron Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Amir Xotamiy tomonidan berilgan ko‘rsatmaga muvofiq, bunday holatda hujum qilgan tomonga nisbatan qattiq choralar ko‘riladi va «birorta hujumchi tirik qoldirilmaydi».

Bayonotda shuningdek, Isfahon viloyati janubida AQSh tomonidan ehtimoliy kirib kelish urinishi amalga oshirilgani iddao qilindi. Eron harbiylari ushbu harakatni bartaraf etganini ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya davomida Eron tomonidan qarshi zarba berilgan va bu AQSh harbiy kuchlarining chekinishiga olib kelgan. Jumladan, C-130 turidagi harbiy samolyot nishonga olingani aytilmoqda.

Hodisa vaqtida Eron tomonidan 4 nafar harbiy halok bo‘lgan. Ular orasida general, havo mudofaasi sohasidagi mutaxassis va harbiy o‘quv yurti qo‘mondoni Mas’ud Zarey ham borligi qayd etildi.

Eron rasmiylari halok bo‘lgan harbiylarni «shahidlar» sifatida e’tirof etib, ularning jasoratini alohida ta’kidladi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan AQSh tomonidan rasmiy izoh berilgani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Ekspertlar fikricha, bu kabi keskin bayonotlar mintaqadagi vaziyatni yanada taranglashtirishi va ehtimoliy to‘qnashuv xavfini oshirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring