Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron Saudiya Arabistonidagi AQShga tegishli yana bir radarni yo‘q qildi

Eron Saudiya Arabistonidagi AQShga tegishli yana bir radarni yo‘q qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi hujumchi dronlar yordamida Saudiya Arabistonidagi Al-Qaysum aeroporti yaqinida joylashgan AN/FPS-117 zamonaviy radar tizimini yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qiymati taxminan 20 million dollar bo‘lgan ushbu radar 460 km masofadagi havo ob’yektlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Xabarlarda aytilishicha, 28-fevraldan boshlangan urush doirasida Eron kuchlari Qatarda joylashgan AN/FPS-132 radarini, Iordaniya va BAAdagi AN/TPY-2 tizimlarini va boshqa bir qator radar ob’yektlarini yo‘q qilgan. Umumiy zarar 2,7 milliard dollarga baholanmoqda.

Bu harakatlar AQSh va uning ittifoqchilari havo himoyasi va vaziyatni kuzatish imkoniyatlarini cheklashga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

Yer usti radarlari yo‘q qilinishi ortidan AQSh Yaqin Sharq osmonida doimiy kuzatuvni yo‘lga qo‘ygan: havoda E-3 Sentry (AWACS) samolyotlarini ko‘paytirgan.

Bu samolyotlar eng katta havo radarlari bilan jihozlangan bo‘lib, dron va raketa hujumlarini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, AQSh Janubiy Koreya va boshqa hududlardagi havo himoya tizimlarini Yaqin Sharqqa ko‘chirishni boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring