Erondan AQShga yangi taklif: muzokaralar ikki bosqichga bo‘linishi mumkin
OAV ma’lumotiga ko‘ra, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni to‘xtatish bo‘yicha AQShga yangi taklif yo‘llagan. Taklifda yadroviy muzokaralarni keyingi bosqichga qoldirish nazarda tutilgan.
Axios’ning yozishicha, taklif Pokiston orqali yetkazilgan.
Shu bilan birga, tahlilchilar fikriga ko‘ra, agar AQSh blokadani bekor qilib, bo‘g‘oz masalasida kelishuvga erishsa, Vashington Eronni uran zaxiralaridan voz kechishga majburlash uchun ta’sir mexanizmlaridan mahrum bo‘lishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter