Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fors ko‘rfazi davlatlari AQSh–Eron muloqotini tiklashga harakat qilmoqda

Fors ko‘rfazi davlatlari AQSh–Eron muloqotini tiklashga harakat qilmoqda

Fors ko‘rfazi davlatlari AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralarni qayta tiklashga harakat qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqadagi davlatlar muzokaralar uzilib qolganidan so‘ng tomonlar o‘rtasida muloqotni qayta yo‘lga qo‘yish uchun faol diplomatik sa’y-harakatlar olib bormoqda.

Xabarda aytilishicha, bu jarayonda «Trampga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha raqobat boshlangan».

Shuningdek, mazkur davlatlar AQSh bilan ikki hafta davom etgan nozik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini uzaytirish masalasida ham maslahatlashmoqda.

Biroq ma’lum qilinishicha, Donald Tramp ma’muriyati pozitsiyasini o‘zgartirish niyatida emas. AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Vashington Eronga «eng yaxshi va so‘nggi taklif»ni taqdim etganini va uni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmaganini bildirgan.

Mutaxassislar fikricha, muzokaralarni qayta tiklashga urinishlar mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan bo‘lsa-da, tomonlar pozitsiyasi hozircha keskin farq qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring