Ilon Maskning boyligi 500 mlrd dollardan oshdi

1-oktyabr sanasida Ilon Mask boyligi 500 mlrd dollardan oshgan dunyodagi birinchi insonga aylandi.
Forbes xabariga ko‘ra, Tesla aksiyalarining qimmatlashishi Maskni yanada boyitdi. Kompaniya qimmatbaho qog‘ozlari qariyb 4 foizga qimmatlab, tadbirkorning boyligiga 9,3 mlrd dollar qo‘shildi.
Ilon Mask — ulkan kompaniyalar (yoki ulardagi ulushlar) egasi. Masalan, SpaceX hozir 400 mlrd dollarga baholanmoqda. Sun’iy intellektga ixtisoslashgan xAI kompaniyasi esa — 60 mlrd dollar (Maskning ulushi 53 foiz).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter