Ilon Mask Tesladan yiliga 100 mlrd dollar maosh oladi
Tesla aksiyadorlari Ilon Maskning 10 yillik mukofot paketini ma’qulladi.
Agar maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilsa, Mask 10 yil ichida 1 trillion dollar olishi mumkin. Uning kompaniya rahbari sifatidagi yillik maoshi taxminan 100 milliard dollarni tashkil etadi.
Solishtirish uchun: 100 mlrd dollar — 3,2 million o‘rtacha amerikalik ishchilarning umumiy maoshiga teng. Yoki Xorvatiyaning bir yillik yalpi ichki mahsulotidan ko‘p.
Mutaxassislar shu tariqa Ilon Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter