Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi hibsga olindi: «Menga pul kerak edi»

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi hibsga olindi: «Menga pul kerak edi»

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Pergabriele Papadia de Bottini di Sant’Aneze va uning yordamchisi Tatyana Tarakanova Italiyaning Toshkentdagi elchixonasi orqali Shengen vizalarini berish tizimini boshqarganlikda ayblanmoqda. Bu haqda La Repubblica xabar berdi.

Rim prokuraturasi va Moliya gvardiyasi tomonidan olib borilgan tergov Toshkentdagi elchixonada 2025 yilning yanvaridan iyuligacha amal qilgan noqonuniy tizimni fosh qildi.

Bu tizim orqali O‘zbekistonda yashamaydigan yoki konsulxonaga shaxsan kelmagan Rossiya fuqarolariga talab qilingan hujjatlarsiz 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli turistik vizalar berilgan.

Qonuniy to‘lov 45-60 yevro bo‘lishiga qaramay, ariza beruvchilardan har bir viza uchun 4 000 yevrodan 16 000 yevrogacha pul olingan.

Tizim Moskvada joylashgan va bir xil manzilda ro‘yxatdan o‘tgan uchta turistik agentlik (Happy Travel, Visa4you va Park Lane) orqali ishlagan.

Kamida 95 nafar Rossiya fuqarosi ushbu noqonuniy sxema yordamida Shengen hududiga kirib kelgan.

2025-yil dekabr oyida vazirlik tekshiruvidan so‘ng lavozimidan chetlatilgan Papadia o‘z harakatlarini pul zarurligi bilan izohlab, tergovchilarga: «Menga pul kerak edi», deb aytgan. Sudya sobiq elchining Rossiyaga qochib ketish xavfi borligini inobatga olib, uni qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. Shuningdek, uning yordamchisi, asli rossiyalik bo‘lgan va Italiya pasportiga ega Tatyana Tarakanova ham qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring