Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jazoir mustamlakachilik siyosati uchun Fransiyadan kompensatsiya undirmoqchi

Jazoir mustamlakachilik siyosati uchun Fransiyadan kompensatsiya undirmoqchi

Jazoir parlamenti Fransiyaning mamlakatdagi mustamlakachilik siyosatini jinoyat sifatida baholovchi qonunni bir ovozdan qabul qildi.

Qonunga ko‘ra, Fransiyaning Jazoirda bo‘lgan butun mustamlakachilik davri jazoir xalqiga qarshi sodir etilgan jinoyat sifatida tan olinishi lozim.

Hujjatda mustamlakachilik tizimi tufayli yetkazilgan iqtisodiy zarar uchun tovon (kompensatsiya) talab qilish masalasi ham nazarda tutilgan.

Jazoir Fransiyadan mustamlakachilik hukmronligi davri uchun rasmiy kechirim so‘rashni ham talab qilmoqda.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi mazkur qonunni «do‘stona bo‘lmagan tashabbus» deb baholab, u ikki davlat o‘rtasidagi keskinlikni kuchaytirishini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, tanqidlarga qaramay, Fransiya Jazoir bilan muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring