Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kongressmen AQShni NATOdan chiqarishni taklif qilyapti

Kongressmen AQShni NATOdan chiqarishni taklif qilyapti

Kentukkidan saylangan kongressmen Tomas Messi (Respublikachi partiya) AQShning NATOdan chiqishini talab qiluvchi HR 6508 — «NATO Act» qonun loyihasini AQSh Qo‘shma Shtatlari Kongressiga kiritdi.

Messi o‘z bayonotida NATOni «sovuq urush davridan qolgan artefakt» deb atadi va AQSh hukumati mamlakatdagi resurslarni «ijtimoiy yo‘nalishdagi Yevropani himoya qilish» uchun emas, balki o‘z hududiy xavfsizligi uchun sarflashi kerakligini ta’kidladi.

Kongressmenning fikricha, NATO SSSRga qarshi tashkil etilgan, ammo Sobiq ittifoqning parchalanib ketganiga 30 yildan oshgan. AQSh o‘zini xorijiy urushlarga tortib kirishi mumkin bo‘lgan tashkilotdagi ishtiroki uchun esa trillionlab dollarlar «tovon to‘layapti». Bundan tashqari, AQSh Konstitutsiyasi ham doimiy harbiy ittifoqlarni qo‘llamaydi va oxir-oqibat Yevropa davlatlari o‘z himoyasi uchun o‘zlari pul to‘lashi kerak.

Tomas Messi taklif etgan HR 6508 qonun loyihasiga ko‘ra:

  • Qo‘shma Shtatlar prezidenti mamlakat rasmiy ravishda tashkilotdan chiqish uchun NATO shartnomasining 13-moddasi asosida murojaat yuborishi kerakligini ta’kidlamoqda. Bunda, tartibga ko‘ra, har qaysi davlat rasmiy ravishda xabardor qilgandan 1 yil keyin alyansdan chiqadi;
  • NATO endi AQShning manfaatlariga mos kelmasligi haqida rasmiy xulosa berilishi kerak;
  • Yevropa davlatlari o‘zini himoya qila oladi va AQSh «boshqa davlatlarning xavfsizlik kafolati» bo‘lishni to‘xtatishi kerak;
  • NATOning fuqarolik, harbiy va infratuzilma investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun AQShning mablag‘ ajratishini taqiqlash lozim.

Huddi shu mazmundagi hujjat loyihasi Senatda ham bo‘lib, Yuta shtatidan senator Mayk Li Senatda HR 6508’ga mos keladigan S.2174 raqamli qonun loyihasini kiritgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring