Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreya maktablarida kutubxonachi o‘quvchilar orasidan tanlanadi

Koreya maktablarida kutubxonachi o‘quvchilar orasidan tanlanadi

foto: https://www.newsnbook.com/

Koreyaning maktablarida qiziq odat bor. Har o‘quv yili yakunida keyingi yil uchun o‘quvchilar orasidan kutubxona xodimi tanlanadi. Bu xodimni o‘quvchilarning o‘zi talabgorning takliflarini ko‘rib chiqib tanlaydilar.

Shuningdek, kutubxona xodimi bo‘lish uchun maktab faollari bilan o‘tkaziladigan suhbatlardan o‘tishi kerak va odatda bir joyga 20-30 ta talabgor to‘g‘ri keladi.

Kutubxona xodimi volontyorlik faoliyati hisoblanadi va o‘quvchining ma’lumotnomasida aks etadi, bu universitet va keyingi maktablari uchun foydali bo‘ladi.

Endi eng qizig‘i...

Mana shu tanlangan kutubxona xodimi bilasizmi nima qiladi? U o‘quvchilarni kutubxonaga jalb qilish yo‘llarini izlaydi. Ajoyib emasmi? O‘quvchini o‘quvchi tushuna oladi. Aynan shu nuqtai nazardan ko‘rilgan masala albatta yechimini topadi. Bu xodim tik-tok, instagram, boshqa ijtimoiy tarmoqlarga videolar joylaydi, kitob treylerini qiladi, o‘quvchilar bilan intervyu va videoroliklar tayyorlaydi, xullas tengdoshlarini, ularga nima yoqsa, ana shu yo‘l bilan kitobga jalb qiladi.

Nazarimda bu o‘smirlar uchun o‘ta samarali usul. O‘smirlarni kattalar kitobxonlikka jalb qila olishi kulgili holat. Chunki bu imkonsizdir. Agar bola oldindan kitobxon bo‘lmasa, hech bir katta yoshli odam uni o‘smir yoshida (aynan psixologik jihatdan qiyin yoshida) kitobga jalb qila olmaydi. Lekin uning muammosini o‘z qalbida his eta oladigan ham, uni juda oson tushunadigan ham, bir tilda gaplasha oladigan ham tengdoshi va demak kitobxonlikka bemalol jalb qila oladi. Eng qizig‘i ana shu kutubxona xodimlari kutubxonada shunday tadbirlar uyushtiradiki, o‘smir bolalar u yerda to‘lib ketadi. Demak, bizda ham shu usulni qo‘llab ko‘rish kerak...

Dinara Mo‘minova facyebook sahifasidan olindi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring