Saida Mirziyoyeva Toshkentda ochilgan yangi maktab-ustaxonani borib ko‘rdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentda ochilgan yangi maktab-ustaxona haqida yozdi.
Kecha Toshkentdagi «Suzuk ota» hunarmandlar mahallasida Madina Qosimboyevaning kashtachilik maktab-ustaxonasi ochildi. Bu ijodiy makon o‘quv markazi, ustaxona va galereyani o‘z ichiga olgan.
Maktab uchun yer qadimiy kashtachilik an’analarini saqlab qolish, qizlarga o‘qish, ijod qilish, ilhomlanish va mustaqil bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘i bilan ajratilgan edi.
«O‘z iste’dodi va san’atga sadoqati tufayli Toshkent so‘zanado‘zlik maktabiga yangi hayot baxsh etgan Madina Qosimboyevaga alohida minnatdorchilik bildiraman», deya yozadi Mirziyoyeva.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter