Marko Rubio 2028-yilda prezidentlik uchun kurashmoqchi
AQSh davlat kotibi Marko Rubio o‘z siyosiy istiqbolini o‘ylab, Eron bilan bog‘liq ziddiyatlardan uzoqlashish maqsadida lavozimidan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. The Independent nashri Respublikachilar partiyasidagi manbalariga asoslanib xabar berishicha, u 2028-yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surishni rejalashtirgan.
Gazetaning Buyuk Britaniya hukumatidagi manbalari esa Rubioning so‘nggi paytlarda Eronga nisbatan bayonotlari ohangini biroz o‘zgartirgani Londonda ijobiy taassurot qoldirganini ma’lum qildi.
Bundan oldin Donald Tramp va Jey Di Vens Kongressga bo‘lib o‘tgan saylovlarda Respublikachilar partiyasining mag‘lubiyatga uchrashiga aynan Erondagi urush sabab bo‘lganini tan olgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter