Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qotillik va zo‘ravonlikni targ‘ib qilishda gumonlangan bloger qo‘lga olindi

Qotillik va zo‘ravonlikni targ‘ib qilishda gumonlangan bloger qo‘lga olindi

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Instagram tarmog‘ida bloger  boshqa bir blogerning feministik yo‘nalishdagi klipiga norozilik bildirib, uni hamda o‘z qarashlariga qo‘shilmaydigan boshqa shaxslarni o‘ldirishga chaqirgan.

Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, videorolik muallifining shaxsi aniqlangan.

Holat yuzasidan Olmazor tumani IIB faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Jamiyatda har bir inson mustaqil fikrlash va o‘ziga xos dunyoqarashda bo‘lishi qonunan cheklanmagan. Ma’qul kelmagan fikr sababli shaxsni o‘ldirishga, unga tajovuz qilishga chaqiriq tarqatish insoniylikka zid va qabul qilib bo‘lmas holatdir.

​Ayrim blogerlarning auditoriya yig‘ish maqsadida nafrat uyg‘otuvchi videoroliklar tayyorlashi, o‘zgalarni qatl etishga chorlashi jamiyat osoyishtaligiga putur yetkazadi. Shuningdek, bunday mas’uliyatsiz harakatlar fuqarolar tinchligini buzadi.

​So‘z erkinligi hech qachon qotillikka da’vat qilish huquqini anglatmaydi. Shu sababli, odamlarni o‘ldirishga chorlagan bunday videorolik tayyorlagan bloger huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring