Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyaxuning BAAga maxfiy safari haqida xabarlar tarqaldi

Netanyaxuning BAAga maxfiy safari haqida xabarlar tarqaldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga qarshi «Arslon na’rasi» operatsiyasi davrida Birlashgan Arab Amirliklariga maxfiy tashrif bilan borgani ma’lum qilindi. Bu haqda Isroil bosh vaziri kanselyariyasi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Netanyaxu BAA prezidenti shayx Muhammad bin Zoid bilan uchrashgan. Isroil tomoni bu muloqotni «Isroil va BAA munosabatlaridagi tarixiy yutuq» deb baholamoqda.

The Times of Israel nashri yozishicha, uchrashuv 26-mart kuni Umon chegarasi yaqinidagi Al-Ayn shahrida bo‘lib o‘tgan va bir necha soat davom etgan.

Biroq BAA Tashqi ishlar vazirligi bu xabarlarni rad etdi. Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, BAAning Isroil bilan munosabatlari «Ibrohim kelishuvlari» doirasida ochiq va rasmiy tarzda amalga oshiriladi hamda «maxfiy kelishuvlar» haqidagi da’volar asossiz hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring