Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni Eron bilan o‘zaro hujum qilmaslik bo‘yicha bitim tuzmoqchi

Saudiya Arabistoni Eron bilan o‘zaro hujum qilmaslik bo‘yicha bitim tuzmoqchi

Foto: Anadolu Ajansi

Saudiya Arabistoni o‘z ittifoqchilari bilan mojaro tugagach Yaqin Sharq davlatlari va Eron o‘rtasida tajovuz qilmaslik paktini tuzish g‘oyasini muhokama qildi. Yuu haqda Financial Times diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi

Nashr manbalariga ko‘ra, Ar-Riyod Sovuq urush davrida Yevropadagi keskinlikni yumshatgan 1970-yillardagi Xelsinki jarayonini potensial model sifatida ko‘rib chiqmoqda. 

Xelsinki kelishuvlari 1975-yilda Yevropa mamlakatlari, AQSh va Sovet Ittifoqi tomonidan xalqaro keskinlikni kamaytirish uchun imzolangan.

U urushdan keyingi chegaralarni tan olish, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, iqtisodiy hamkorlik va boshqa masalalarni o‘z ichiga olgan. 

Saudiya Arabistoni Eronning hozirgi mojarodan zaiflashgan holda chiqib ketishini, ammo baribir qo‘shnilariga tahdid solishini kutmoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, tajovuz qilmaslik paktini tuzish ko‘rib chiqilayotgan g‘oyalardan biridir. 

Diplomatlarning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi va boshqa Fors ko‘rfazi davlatlarini ham qo‘shilishga chaqirdi. Yevropa bu pakt Tehronga tajovuz qilmaslik kafolatlarini berish orqali kelajakdagi mojarolarning oldini olishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Ismi oshkor qilinmagan arab diplomati ushbu paktni aksariyat arab va musulmon mamlakatlari, shuningdek, Eron ma’qullashini ta’kidladi. 

«Hammasi paktda kim ishtirok etishiga bog‘liq: hozirgi sharoitda Isroil va Eronni birlashtirib bo‘lmaydi. Ammo Isroilsiz bu tashabbus samarasiz bo‘lib chiqishi mumkin», dedi diplomat.

Ikki manba shuningdek, BAAning har qanday kelishuvga qo‘shilishga tayyorligini shubha ostiga qo‘ydi, chunki u Fors ko‘rfazi davlatlari orasida Eronga nisbatan eng muhim pozitsiyani egallaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring