Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Ukraina Trampning tinchlik rejasiga rozi bo‘ldi

OAV: Ukraina Trampning tinchlik rejasiga rozi bo‘ldi

OAVda tarqalgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Ukraina Trampning tinchlik rejasiga rozi bo‘lgan

Faqat kelishilmagan "kichik tafsilotlar" qoldi. OAV xabarlariga ko‘ra, Ukraina delegatsiyasi Abu-Dabida AQSh armiyasi kotibi Den Driskoll bilan uchrashuvda yangilangan Amerika rejasiga "ha" deb javob bergan. 

Shuningdek, prezidentlar Tramp va Zelenskiy yaqin kelajakda ba’zi bahsli masalalarni shaxsan muhokama qilishadi. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rahbari kelishuvni yakunlash uchun noyabr oyi oxiriga qadar Vashingtonga borishi mumkin. 

Ayni paytda, bugun Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va Amerika delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.FT Kiyev mamlakat qurolli kuchlari sonini 800 ming kishi bilan cheklashga rozi bo‘lganini da’vo qilmoqda.

Hududiy imtiyozlar masalasi hali ham muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Trampning 28 punktdan iborat rejasi 19 taga kamaytirilgandi. Jumladan, Ukrainaning Donbassdan chekinishi kun tartibidan olingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring