OAV: Trampning tinchlik rejasi qisqartirildi
23 noyabr kuni Jenevada AQSh va Ukraina vakillari o‘rtasidagi muzokaralar davomida tomonlar tinchlik kelishuvidagi bandlar sonini 28 tadan 19 tagacha kamaytirishga kelishib oldilar.
Bu haqda Financial Times manbalarga tayanib xabar berdi. Ular rejadan qaysi aniq bandlar olib tashlanganini oshkor qilishmadi.
O‘tgan hafta AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan tayyorlangan "Ukraina-Rossiya mojarosini hal qilish rejasi" haqida xabar tarqaldi. 23 noyabr kuni AQSh va Ukraina vakillari Jenevada ushbu rejani muhokama qilishdi.
Muzokaralar yakunida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio "ulkan yutuqlarga" erishilganini va tomonlar "aniqlashtirilgan tinchlik rejasini" ishlab chiqqanini aytdi. Qo‘shimcha tafsilotlar berilmagan.
Avvalroq Ukraina va AQSh delegatsiyalari Jenevada Vashington tomonidan tashabbus qilingan yangi tinchlik rejasining aksariyat bandlari bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter