Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon chegarasida qulagan Turkiya samolyoti urib tushirilgan bo‘lishi mumkin

Ozarbayjon chegarasida qulagan Turkiya samolyoti urib tushirilgan bo‘lishi mumkin

Foto: Reuters

Gruziya va Ozarbayjon chegarasida qulagan turk harbiy samolyoti C-130ning halokati sabablaridan biri uni urib tushirish bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha tadqiqot olib borilmoqda.

Bu haqda Turkiya hukumatiga yaqin Hürriyet gazetasi sharhlovchisi Abdulqodir Selvi yozmoqda.

«Ham samolyotning texnik nosozlik tufayli qulagan ehtimoli, ham uni urib tushirish versiyasi o‘rganilmoqda. Kavkaz – xavfli mintaqalardan biri sifatida ma’lum. Shuning uchun har bir ehtimol chuqur tahlil qilinmoqda», – deb yozgan Selvi.

11-noyabr kuni C-130 Hercules turidagi harbiy samolyot Ozarbayjondan Gruziya hududi orqali parvoz chog‘ida qulagan. Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, ulardan 19 nafarining jasadlari topilgan.

Bu voqea bo‘yicha havo transportini boshqarish yoki foydalanish qoidalarini buzish orqali inson o‘limiga sabab bo‘lish moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’muriyati ta’kidlaganidek, tergov ishlari alohida diqqat va ehtiyotkorlik bilan olib boriladi.

Türkiye gazetasi yozishicha, hodisaga tashqi ta’sir bo‘lishi ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda — chunki samolyot havodayoq parchalangani, yong‘in esa qulaganidan keyin boshlangani tasdiqlangan.

Milliyet nashri ekspertlarga tayanib yozishicha, samolyot texnik nosozlik yoki metall korroziyasi sababli ham qulagan bo‘lishi mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring