Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya sudi Binyamin Netanyahuni hibsga olishga order berdi

Turkiya sudi Binyamin Netanyahuni hibsga olishga order berdi

© Google

Istanbul prokuraturasi bayonotida aytilishicha, jami 37 nafar shaxsga qarshi ayblov qo‘yilgan. Ular orasida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, mudofaa vaziri Isroil Kats, milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, Isroil armiyasi boshlig‘i general Eyol Zamir va dengiz kuchlari qo‘mondoni David Salama ham bor. To‘liq ro‘yxat e’lon qilinmadi.

Anadolu nashrining yozishicha, Turkiya rasmiylari ularni 2023 yildan buyon G‘azodagi urush davomida «tizimli ravishda amalga oshirilgan genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar»da aybladi.

Bayonotda, xususan, «6 yoshli Hind Rajabning Isroil askarlari tomonidan otib o‘ldirilgani, 2023 yil 17-oktyabrda «Al-Ahli» baptist kasalxonasiga hujumda 500 kishi halok bo‘lgani, 2024 yil 29 fevralda Isroil askarlari tibbiy uskunalarni ataylab vayron qilgani, 2025 yil 21 martda esa Turkiya-Falastin do‘stlik kasalxonasi bombardimon qilingani», G‘azo to‘sib qo‘yilgani va jabrlanganlarga gumanitar yordam yetkazilishiga yo‘l berilmagani» ta’kidlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring