Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonda hudkush sud oldida o‘zini portlatib yubordi

Pokistonda hudkush sud oldida o‘zini portlatib yubordi

Pokiston poytaxti Islomobodda sodir etilgan xudkushlik hujumi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi va 27 kishi jarohatlandi. Bu haqda GeoTV telekanali xabar berdi

Pokiston ichki ishlar vaziri Mohsin Naqvi terrorchi dastlab poytaxt sud binosiga kirishga uringanini, ammo "bunday qila olmaganini, binoning avtoturargohida politsiya mashinasiga hujum qilganini" aytdi. Natijada portlash mahalliy vaqt bilan soat 12:39 atrofida sodir bo‘lgan. 

Naqvi Bosh vazir Shahboz Sharif jabrlanganlarga eng samarali tibbiy yordam ko‘rsatish va terrorchini imkon qadar tezroq aniqlashni buyurganini ta’kidladi. 

Portlashdan keyin sud binosidagilar evakuatsiya qilindi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Pokistondagi Tolibon harakati portlashga aloqador ekanini tasdiqlagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring