Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi mintaqada barcha alkogol do‘konlari yopildi

Rossiyadagi mintaqada barcha alkogol do‘konlari yopildi

Rossiyaning Vologda viloyatida mahalliy hukumat ichkilikbozlikka qarshi kurashning yangi bosqichiga o‘tdi. Yangi qonunga ko‘ra, viloyatdagi ixtisoslashgan barcha spirtli ichimliklar do‘konlari o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Viloyat gubernatori Georgiy Filimonov tomonidan kiritilgan cheklovlar ichimlik savdosida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. 

Endi spirtli ichimliklarni sotish faqat kunduzi soat 12:00 dan 14:00 gacha (kuniga 2 soat) mumkin. Dam olish va bayram kunlari savdo odatdagi tartibda davom etadi, lekin faqat oddiy oziq-ovqat do‘konlarida ichkilik sotiladi.

Ilgari faqat alkogol mahsulotlari bilan savdo qilgan tarmoq do‘konlari («Bristol», «Krasnoye & Beloye» va boshqalar) uchun kuniga 2 soat ishlash iqtisodiy jihatdan foyda keltirmaydi. Natijada, ular viloyatdagi faoliyatini to‘xtatishga yoki boshqa turdagi mahsulotlarga o‘tishga majbur bo‘ldi. 

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, Vologda viloyati ichkilikbozlik bilan bog‘liq kasalliklar va o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha Rossiyada yuqori o‘rinlarda turgan. Ushbu «qattiq qo‘l» siyosati orqali yoshlar o‘rtasida ichkilikbozlikni kamaytirish, ish unumdorligini oshirish, oilaviy ajrimlar va ko‘chadagi jinoyatchilikni kamaytirish ko‘zlangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring