Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tehron taklif etgan 10 bandli sulh rejasi tafsilotlari ma’lum qilindi

Tehron taklif etgan 10 bandli sulh rejasi tafsilotlari ma’lum qilindi

AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar doirasida Tehron taklif etgan 10 bandli sulh rejasi tafsilotlari OAV orqali ma’lum bo‘ldi.

Manbalarga ko‘ra, Eron rejada Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlab qolish, uran boyitish huquqini saqlash va xalqaro sanksiyalarni bekor qilishni talab qilmoqda. Shuningdek, AQSh qo‘shinlarini mintaqadan chiqarish, tovon to‘lash va barcha frontlarda harbiy harakatlarni to‘xtatish shartlari ham ilgari surilgan.

Ayni paytda, rejaning yanada yumshoq variantida Eron yadroviy dasturni cheklash va yadroviy qurol yaratmaslikka tayyor ekani aytilmoqda.

OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, hujjatning turli versiyalari o‘rtasida farqlar mavjud. Xususan, uran boyitish huquqi haqidagi band fors tilidagi variantda bor, ammo ingliz tilidagi versiyada yo‘q.

Quyida turli OAVlar e’lon qilayotgan 10 bandli sulh rejasi:

  1. Hujum qilmaslik (non-aggression pledge)
    – AQSh va ittifoqchilar Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatishi
  2. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlash
    – Eron strategik yo‘lakdagi ta’sirini saqlab qolishi
  3. Uran boyitish huquqini saqlash
    – Eron yadroviy dasturini to‘liq bekor qilmasligi
  4. Asosiy sanksiyalarni bekor qilish
    – AQSh tomonidan joriy etilgan iqtisodiy cheklovlarni olib tashlash
  5. Ikkilamchi sanksiyalarni bekor qilish
    – uchinchi davlatlarga qaratilgan sanksiyalarni ham tugatish
  6. BMT Xavfsizlik kengashi qarorlarini qayta ko‘rib chiqish
    – Eronga qarshi xalqaro cheklovlarni bekor qilish
  7. MAGATE (IAEA) bosimlarini kamaytirish/bekor qilish
    – yadroviy dastur bo‘yicha qattiq nazoratni yumshatish
  8. Eronga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya
    – urush yoki sanksiyalar oqibatidagi yo‘qotishlar uchun tovon
  9. AQSh qo‘shinlarini mintaqadan chiqarish
    – Yaqin Sharqdagi harbiy hozirlikni kamaytirish
  10. Barcha frontlarda harbiy harakatlarni to‘xtatish
    – jumladan, Livan va boshqa hududlardagi to‘qnashuvlarni ham

AQSh prezidenti Donald Tramp mazkur hujjatni «muzokaralar uchun asos» deb atab, ehtimoliy kelishuv yadroviy masalani to‘liq hal qilishi mumkinligini bildirgan.

Biroq tahlilchilar fikricha, tomonlar pozitsiyasi hali ham sezilarli darajada farq qilmoqda va yakuniy kelishuvga erishish oson bo‘lmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron hukumati «buyuk g‘alaba qozonganini» e’lon qilib, «jinoyatkor Amerikani 10 banddan iborat rejasini qabul qilishga majburlaganini» ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring