Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp: AQSh qaytadan yadroviy qurol sinovlarini boshlaydi

Tramp: AQSh qaytadan yadroviy qurol sinovlarini boshlaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga yadroviy qurol sinovlarini darhol qayta tiklashni topshirdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

«AQSh dunyodagi eng katta yadroviy arsenalga ega davlat. Bu mening ilk prezidentlik davrimda qurollarni to‘liq yangilash va modernizatsiya qilish hisobiga amalga oshirildi. Bunday halokatli kuchni qayta ishga solish men uchun og‘ir qaror bo‘ldi, lekin boshqa yo‘l yo‘q edi», – deb yozdi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu sohada ikkinchi o‘rinda, Xitoy esa «besh yil ichida yetakchi davlatlarga yetib oladi». Shuning uchun, prezidentning ta’kidlashicha, Vashington yadroviy sinovlarni «teng asosda» qayta boshlashi kerak.

«Boshqa davlatlar o‘z dasturlarini faol olib borayotgan bir paytda, men Mudofaa vazirligiga yadroviy qurol sinovlarini boshlashni buyurdim. Bu jarayon darhol start oladi», – dedi u.

Tramp yaqin vaqt ichida sinovlar o‘tkaziladigan joy va sana haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishini ham aytdi.

Reuters agentligining yozishicha, AQSh oxirgi marta yadroviy portlovchi sinovni 1992 yilda amalga oshirgan. Hozircha Trampning gapi aynan portlovchi yadroviy sinovlar haqidami yoki yadroviy raketa tizimlarining parvoz sinovlari haqidami – bu aniq emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring